AQSH Oʻzbekistonga koronavirusdan himoya vositalarini topshirdi

Fotо: uz.usembassy.gov
17-mart kuni AQSH elchixonasi yangi koronavirus kasalligi COVID-19 tarqalishiga tayyorgarlik koʻrishi uchun Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirdi.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirusdan zarar koʻrgan yoki uning tarqalishi xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlar, shu jumladan Oʻzbekiston uchun yuqumli kasalliklar boʻyicha favqulodda zaxira fondidan qoʻshimcha mablagʻ ajratdi. AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakat tayyorgarligini yuqori baholab, COVID-19ʼga tayyorgarlik koʻrish va tegishli javob qaytarishda USAID Oʻzbekistonni kelgusida ham qoʻllab-quvvatlashi va koʻmak berishini maʼlum qildi.
“Yangi koronavirus kasalligi faqatgina hukumatlar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasidagi yaqin hamkorlik orqali bartaraf etilishi mumkin boʻlgan, global sogʻliqni saqlashga tahdid solayotgan kasallikdir”, — dedi elchi Rozenblyum. “AQSH hukumati ushbu global epidemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekistondagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, — taʼkidladi elchi.
USAID taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 000 ta qoʻlqop, 10 200 ta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta koʻzoynak kiradi. Ular butun Oʻzbekiston boʻylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring