AQSH olimlari: “СOVID-19 kemiruvchilar orasida tarqalmoqda”

Amerika Mikrobiologiya jamiyati olimlari koronavirusning “alfa”, “delta” va “omikron” shtammlari kemiruvchilar nafas yoʻllarida koʻpayishini aniqladi.
Xususan, Nyu-York shahridagi kulrang kalamushlarning 16,5 foizdan ortigʻi СOVID-19 bilan kasallangani aytilmoqda. Bu esa kelgusida virusning jonivorlardan odamlarga yuqish xavfini oshirishi mumkin.
Shu bois mutaxassislar pandemiyaning yangi toʻlqini avj olmasligi uchun kalamushlar populyatsiyasini nazorat qilish zarur, deb hisoblamoqda.
Qolaversa, Kolumbiyaning Missuri universiteti professori Van Syufen kemiruvchilar orasida insonlar uchun qoʻshimcha xavf tugʻdiruvchi yangi mutatsiyalar paydo boʻlish ehtimolini tadqiq etish lozim, degan xulosada.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Fransiyada oʻtkazilgan tadqiqot natijasida uy mushuklarining taxminan 10 foizi SARS-CoV-2 bilan kasallangani aniqlangan edi.
Shu sababli ekspertlar kasallikni jilovlashning eng toʻgʻri va samarali yoʻli toʻliq bosqichda hamda buster dozada emlanish, deb taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring