AQSH «Moderna» vaksinasini Oʻzbekistonga bepul bermoqda — Otabekov

15:36 27 Iyul 2021 Jamiyat
1530 0

Oʻzbekistonga AQSHdan 3 mln 60 ming doza Moderna vaksinasi bepul olib kelinadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

“Oʻzbekistonga AQSHdan 3 mln 60 ming doza Moderna vaksinasi olib kelinadi. Ushbu vaksina «COVAX” dasturi orqali AQSH tomonidan bepul taqdim etilmoqda.

Ushbu vaksina ham boshqalari singari 18 yoshdan katta boʻlgan aholi qatlamini emlash uchun ishlatiladi.

Moderna vaksinasini qoʻllash uchun alohida guruhlar shakllantirilmagan. Bu xuddi yurtimizda ishlatilayotgan boshqa vaksinalar singari 0,5 ml miqdorda deltasimon mushaklarga qoʻllaniladi», deydi N.Otabekov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?