AQSH Meksika bilan chegaradagi temir yoʻl koʻpriklarini vaqtincha yopib qoʻydi

00:59 19 Dekabr 2023 Dunyo
498 0

Foto: AP

AQSH muhojirlar oqimining kuchayishi sababli Meksika bilan chegarani vaqtincha yopdi.

Yakshanba kuni AQSH bojxona va chegara qoʻriqlash xizmati Meksikadan poyezd orqali olib oʻtilayotgan noqonuniy muhojirlar oqimi koʻpayganidan keyin AQSHning Texas shtati va Meksika oʻrtasidagi ikkita temir yoʻl koʻprigini yopishini maʼlum qildi.

Ushbu cheklov 2023-yilning 18-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan boshlab amalga kiritilgan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi haftalarda AQSH bojxona va chegara qoʻriqlash xizmati shunga oʻxshash vaqtinchalik cheklovlar qoʻyib, Arizona shtatining Lyukvill shahridagi chegara oʻtish, San-Diyego piyodalar oʻtish va Igl-Pass avtotransport vositalari kesib oʻtish joylarini yopib qoʻydi.

Avvalroq, AQSH-Meksika chegarasini noqonuniy kesib oʻtishlar soni rekord darajaga yetgani haqida xabar berilgan edi. Shu bilan birga, migratsiya muammosi demokratlar va respublikachilar oʻrtasida Kiyevga yangi yordam koʻrsatish loyihasini koʻrib chiqishda kelishmovchilikka sabab boʻldi. Kongressdagi respublikachilar maʼmuriyat AQSHning janubiy chegaralarini himoya qilish boʻyicha yondashuvlarini oʻzgartirmaguncha, Ukraina uchun mablagʻ ajratilishiga qarshi chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер