AQSH koʻp jihatdan uchinchi dunyo davlatiga oʻxshab qoldi — Donald Tramp
Foto: AP
Amerika sud tizimining korrupsiyasi va nazoratsiz muhojirlar oqimi Qoʻshma Shtatlarni uchinchi dunyo davlatiga aylantirmoqda. Bu haqda AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Michigan shtatida oʻz tarafdorlari oldidagi mitingda aytib oʻtdi.
“Agar bular davom etsa, hech kim AQSHda biznes qilishni xohlamaydi va biz uchinchi dunyo davlatiga aylanamiz”, — deydi u.
Trampning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar allaqachon koʻp jihatdan uchinchi dunyo davlatiga oʻxshab qolgan. Shu oʻrinda siyosatchi mamlakat janubidagi muammolarni esladi.
Avvalroq, Donald Tramp prezidentlikka saylansa, yiliga millionlab muhojirlarni deportatsiya qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Taʼkidlanishicha, siyosatchi koʻp bosqichli deportatsiya jarayonini qisqartirib, 1798-yilda qabul qilingan qonundan foydalanib, jinoiy ish bilan shugʻullangan muhojirlarni zudlik bilan yigʻib, deportatsiya qilishi kutilmoqda.
Bungacha Tramp Qoʻshma Shtatlar yaqin kelajakda teraktlar sodir etilishini kutayotganini aytgandi. Bu mamlakatga koʻp sonli noqonuniy migrantlarning kirib kelishi tufayli sodir boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring