AQSH kongressmenlari Oʻzbekistondagi izchil islohotlarni maʼqulladi

19:54 25 May 2021 Siyosat
350 0

AQSH Kongressida Oʻzbekiston mustaqilligi va suvereniteti toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qilindi.

Rezolyutsiyada Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchi sifatida roli tobora ortib borayotgani taʼkidlangan. Kongressmenlar Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashini yuksak baholadi.

“AQSH Vakillar palatasi Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish holatini yaxshilash, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar va sud tizimining shaffofligini oshirish, davlat amaldorlarining hisobdorligini kuchaytirish, soʻz va ommaviy axborot vositalari erkinligini targʻib qilish, odam savdosi, jumladan, paxta yigʻim-terimida majburiy va bolalar mehnatini bartaraf etish hamda diniy erkinlikni taʼminlashga qaratilgan ulkan islohotlar dasturini maʼqullaydi”, deyiladi Kongress xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?