AQSH Kongressida Ukrainaga qariyb 12 milliard dollarlik yordam koʻrsatish boʻyicha kelishuvga erishildi

23:32 26 Sentyabr 2022 Dunyo
870 0

Illyustrativ foto

AQSH Kongressi senatorlari Ukrainaga qariyb 12 milliard dollar miqdoridagi harbiy va iqtisodiy yordamning yangi paketini oldindan kelishib oldilar. Uni koʻrib chiqish avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden tashabbusi bilan chiqqan edi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Yangi moliyaviy transh qoʻshimcha davlat xarajatlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasining bir qismi boʻladi va qonunchilar uni juma kuni oxirigacha qabul qilishlari kerak. Ukrainaga yordam berishdan tashqari, afgʻon qochqinlarini joylashtirish dasturi uchun xarajatlar ham kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?