AQSH Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini Osiyoga olib uchayotgan samolyot onlayn radarlardan gʻoyib boʻldi

23:04 30 Iyul 2022 Dunyo
1418 0

Foto: Reuters

Flightradar24 AQSH Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini Osiyoga olib uchayotgan samolyot qayerda ekanligini yashirdi.

Haqiqiy vaqt rejimida havo kemalarini kuzatish xizmati Flightradar24 AQSH Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini olib ketayotgani taxmin qilinayotgan 09-0540 davlat raqamiga ega AQSH Harbiy-havo kuchlarining Boeing C-40S samolyoti joylashgan joyni yashirdi.

Maʼlumki, Osiyo mintaqasiga yoʻl olgan layner Gavayi shtati Gonolulu aeroportiga qoʻngach, onlayn xizmat koʻrsatish xaritasidan gʻoyib boʻlgan.

Vakillar palatasi spikeri Tayvanga ehtimoliy tashrifi fonida Xitoy harbiy-dengiz kuchlari Janubiy Xitoy dengizida ikki kunlik mashgʻulotlar oʻtkazishni boshladi. Mashqlar 29 va 30-iyul kunlari janubiy Guandun provinsiyasini Xaynan orolidan ajratib turuvchi Syunchjou boʻgʻozining gʻarbiy qismida boʻlib oʻtmoqda.

Shu bilan birga, Oq uy Pelosining Osiyo boʻylab rasmiy safari davomida Tayvanga safarini shubha ostiga oldi. Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey avvalroq ogohlantirganidek, agar Pelosi Tayvanga tashrif buyurishga qaror qilsa, xitoylik harbiylar qoʻl qovushtirib oʻtirmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?