AQSH Kiyevga 30 ga yaqin “Abrams” rusumidagi tanklarni yuborishi mumkin

Foto: AP
Amerika Qoʻshma Shtatlari Ukrainaga 30 ga yaqin “Abrams” rusumidagi tanklarni yuborish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda AQSH rasmiylariga tayanib, “Politico” xabar bermoqda.
Ikki AQSH rasmiylaridan biri, Jo Bayden maʼmuriyati 30 ga yaqin “Abrams” tanklarini yuborishni koʻrib chiqayotganini aytdi.
Oʻz navbatida, gazeta manbalari ham shu haftada shunday tanklarning sezilarli sonini taqdim etish boʻyicha qaror qabul qilinishi mumkinligi haqidagi maʼlumotni tasdiqlagan.
Avvalroq Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder brifingda OAVda Vashington yaqinda Kiyevga “Abrams” tanklari yetkazib berilishi haqida eʼlon qilishi haqidagi maʼlumotga izoh berib, hozircha hech qanday maʼlumot yoʻq, degan edi.
Bungacha AQSH Davlat kotibining birinchi oʻrinbosari Vendi Sherman yaqin kunlarda Ukrainani Gʻarb tanklari bilan taʼminlash masalasi boʻyicha qaror qabul qilinishi mumkinligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring