AQSH Xitoyni ushlab turishi uchun yetarli qurol-yaroq zaxiralariga ega emas — “Politico”

23:32 05 Dekabr 2022 Dunyo
957 0

Foto: Reuters

AQSHda Ukrainaga yordami tufayli Xitoyni ushlab turish uchun qurol-yaroq yetishmasligi kuzatilmoqda.

AQSHda Xitoyni ushlab turish uchun qurol yoʻq. Bu haqda “Politico” nashri Qoʻshma Shtatlar mudofaa sanoati rahbarlari va AQSH rasmiylariga tayanib yozmoqda.

Yuqori martabali Pentagon va sanoat rasmiylari Ukrainaga yordam tufayli qurol-yarogʻ zaxiralari tugashini aytgan. Taʼkidlanishicha, ushbu zaxiralar Xitoy va boshqa potensial raqiblarni kelgusi yillar davomida toʻxtatib turish uchun juda muhim hisoblanadi.

“Hozir qurol-aslaha zaxiralarining tugashi bilan nima yuz berayotgan vaziyatni kuzatar ekanman, mening asosiy tashvishim shuki, Amerika sanoat bazasi shunchaki oldinga siljib, Ikkinchi jahon urushi uslubida yoki hatto mintaqaviy mojaro uchun ommaviy ishlab chiqarishni boshlay olmaydi”, deya tushuntirmoqda mudofaa sanoati kompaniyalaridan birining rahbari.

Shu bilan birga, AQSH aholisi Ukraina mojarosi uchun katta miqdorda mablagʻ ajratilishidan norozi ekani qayd etilgan. AQSH Mudofaa vazirligi va Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Elissa Slotkinning aytishicha, amerikaliklarni Vashington Kiyevga milliardlab dollar ajratishni qachon toʻxtatishi va buning pirovard maqsadi bormi, degan savol qiziqtiradi.

Avvalroq, Qoʻshma Shtatlarda ular havo hujumidan mudofaa tizimlari va tankka qarshi raketa tizimlari tugagani haqida xabar berishgan. Aniqlik kiritilishicha, Pentagon bunday harbiy texnikalar ishlab chiqarish borasida 10 yillarga oldinga oʻtib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер