AQSH ittifoqchilari bilan Pekin Olimpiadasini boykot qilishni muhokama qilmoqda — AQSH Davlat departamenti

Foto: Reuters
“AQSH ittifoqchilari va sheriklari bilan 2022-yilda Pekinda oʻtkaziladigan qishki Olimpiada oʻyinlarini birgalikda boykot qilish masalasini muhokama qilmoqda”.
Ushbu maʼlumotlar AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning jurnalistlar bilan uchrashuvidan keyin tarqalib ketdi. Keyinroq AQSH diplomatik vakili bu bayonotni rad etdi.
Brifingda jurnalistlardan biri Ned Praysdan AQSH oʻz ittifoqchilari bilan qandaydir maslahatlashuvlar oʻtkazayotgani, Pekin Olimpiadasini qoʻshma boykot qilish masalasini muhokama qilinayotgani haqida soʻragan.
Unga javoban Prays «Bu biz, albatta, muhokama qilishni istaymiz, kelishilgan yondashuv nafaqat bizning manfaatlarimizga, balki ittifoqchilarimiz va sheriklarimiz manfaatlariga ham xizmat qilishini tushunamiz. Shuning uchun bu hozir ham, kelajakda ham kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri", degan
Uning taʼkidlashicha, bir qator Gʻarb davlatlari «Shinjonda (XXRning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati) sodir etilgan vahshiylik uchun masʼul boʻlganlarga qarshi» sanksiyalar qoʻllagan.
“Demak, biz ushbu barcha dolzarb masalalar boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirayotganimiz aniq va, albatta, Pekin Olimpiadasi biz muhokama qilishni davom etadigan mavzudir”, deya qoʻshimcha qilgan Prays.
Keyinchalik, AQSH Davlat departamentining ismi oshkor qilinmagan vakili matbuot kotibining ushbu bayonotini rad etdi.
“Bizning 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlaridagi pozitsiyamiz oʻzgarmadi. Biz ittifoqchilar va sheriklar bilan qandaydir qoʻshma boykot masalasini muhokama qilmadik va muhokama qilmayapmiz ham”, deya mulozimning soʻzlarini keltiradi «Politico» nashri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Emlash roʻzani buzadimi? Fatvo hayʼati javob berdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
- Zoir Mirzayev va Qobil Tursunovga “hayfsan” berildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring