AQSH Hindiston va boshqa davlatlarni Rossiyani maxsus operatsiyani yakunlashga koʻndirishga chaqirdi

00:21 21 Sentyabr 2022 Dunyo
802 0

Illyustrativ foto

AQSH rasmiylari Hindiston va boshqa shtatlarni Rossiyani Ukrainadagi maxsus operatsiyani tugatishga koʻndirishga chaqirmoqda. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha yordamchisi Jeyk Sallivan brifingda maʼlum qildi.

Jurnalist undan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Oʻzbekistonda oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida “bugungi davr, urushlar davri emas” degan bayonotiga izoh berishni soʻradi. 

«Menimcha, Bosh vazir Modi oʻzi toʻgʻri va adolatli deb hisoblagan narsa haqida prinsipial bayonot berdi», deydi Sallivan. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH buni toʻliq olqishlaydi.

Oq uy rahbari yordamchisi, shuningdek, Rossiya bilan koʻp yillik aloqalarga ega Hindiston rahbariyati Moskvaga “endi mojaroga chek qoʻyish vaqti keldi” degan “ishora” berishi kerak, deb hisoblaydi. 

«Bu shunday tugashi kerakki, Rossiya Federatsiyasi «BMT Nizomining asosiy qoidalariga rioya qiladi va kuch bilan bosib olgan hududlarni qaytaradi», deydi Sallivan. Uning taʼkidlashicha, Vashington dunyoning barcha davlatlari buni yoqlab chiqishlarini xohlaydi.

«Ammo hozir menimcha, Moskvaga aniq va ravshan signal berish bu mintaqada tinchlikka erishish uchun birgalikda qilishimiz mumkin boʻlgan eng muhim ishdir», deya qoʻshimcha qildi Amerika yetakchisining yordamchisi.

Ayni paytda Ukrainada Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyasi davom etmoqda. U joriy yilning 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan boshlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?