AQSH harbiylari “Islom davlati” terrorchilik guruhining Suriyadagi yetakchisi yoʻq qilinganini maʼlum qildi

21:41 12 Iyul 2022 Dunyo
842 0

Foto: AP

“Islom davlati” terrorchilik guruhining Suriyadagi yetakchisi Maher al-Agal amerikalik harbiylar tomonidan berilgan havo hujumi chogʻida yoʻq qilingan. Bu haqda AQSH Markaziy qoʻmondonligi bayonotida maʼlum qilindi.

Manbada aytilishicha, AQSH Markaziy qoʻmondonligi kuchlari Suriya shimoli-gʻarbida uchuvchisiz boshqariladigan harbiy samolyotlardan zarba bergan. Ushbu hujum chogʻida “Islom davlati” terrorchilik guruhining besh nafar yetakchilaridan biri, Suriyadagi rahnamosi Maher al-Agal halok boʻlgan.

Bayonotda koʻra, Maher al-Agal “Islom davlati” terrorchilik guruhining Iroq va Suriyadan tashqarida faol rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan.

Havo hujumida “Islom davlati” terrorchilik guruhining yana bir yuqori martabali yetakchisi ogʻir yaralangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?