AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda

Arxiv surat
NATO kuchlarining Yevropadagi sobiq qoʻmondoni, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining isteʼfodagi admirali Jeyms Stavridis Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirdi.
Uning fikricha, amerikalik “F-16” qiruvchilarini Kiyevga joʻnatish kerak. Biroq avvalo ukrainalik harbiylarni tayyorlash kerak, bu esa biroz vaqt talab etadi. Bundan tashqari, u Polshaga Ukraina tomoniga Ukraina Qurolli Kuchlari qanday foydalanishni biladigan “MiG-29” qiruvchi samolyotlarini taqdim etishni taklif qildi.
«Ayni paytda quriqlikdagi janglarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ammo Ukraina osmonida ham urush ketmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunda yerdagidan koʻra koʻproq muvaffaqiyatga erishdi», dedi Stavridis .
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Stavridis Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralar qayta tiklanishi mumkinligi haqida fikr bildirgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, joriy qishda tomonlar konsensusga erisha olmaydi, biroq 2023-yilning oʻrtalariga kelib tinchlik muzokaralarini oʻtkazish mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring