AQSH Yevropada qoʻshimcha harbiy kuchlarni joylashtiradi

23:39 28 Iyun 2022 Dunyo
491 0

Foto: Reuters

Joriy yilning 28 — 30-iyun kunlari Madridda boʻlib oʻtadigan NATO sammitida AQSH Yevropada qoʻshimcha harbiy kuchlarning uzoq muddatga joylashtirishi haqida eʼlon qiladi. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha yordamchisi Jeyk Sallivan maʼlum qildi.

“AQSH ertaga, qancha davom etishidan qatʼi nazar, bu inqirozdan keyin uzoq muddatga quruqlik, dengiz va havoda qoʻshimcha kuchlarni joylashtirishni eʼlon qiladi”, deydi Oq uy vakili. Uning aniqlik kiritishicha, Vashington, xususan, Ispaniyadagi Rota bazasida joylashgan raketa esmineslari sonini oshirishni ham rejalashtirmoqda.

Sallivanning qayd etishicha, AQSH va NATO kuchlarining Yevropada oshirilishi Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” bilan bogʻliq strategik chaqiriqlarga javob boʻladi.

Avvalroq “The American Conservative” (TAC) AQSHning Moskva “maxsus harbiy operatsiyasi”ga javoban Ukrainani qurollantirish haqidagi qarori Amerikaning jangovar qobiliyatiga zarba berganini yozgan edi.

“Ukrainaliklarni 1400 dan ortiq Stinger bilan taʼminlagan Amerika mudofaa sanoati ularni almashtirish muammosiga duch keldi”, deb yozadi nashr.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?