AQSH dunyo boʻylab koʻplab tinch aholi vakillarining oʻlimiga sabab boʻlganini tan oldi

02:38 05 Iyun 2021 Dunyo
1208 0

AQSH harbiylari 2020-yilda yigirmadan ortiq tinch aholi vakillarini oʻlimiga sabab boʻlganini tan oldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, AQSH dunyoda urush davom etayotgan hududlarda 23 kishining oʻlimi uchun javobgarlikni zimmasiga olgan. Qayd etilishicha, qurbonlar soni oʻtgan yillarga qaraganda koʻproq. Bundan tashqari, harbiy harakatlar natijasida yana 10 kishi jiddiy jarohat olgan.

Pentagon hisobotida aytilishicha, mojarolar paytida tinch aholi vakillarining oʻlimi eng koʻp Afgʻonistonda qayd etilgan. Shuningdek, Iroq, Somali, Yaman va Nigeriyadagi operatsiyalar paytida ham tinch aholi vakillari orasida talafotlar boʻlgan.

Nodavlat tashkilotlar AQSH harbiylari tomonidan tinch aholi vakillarining oʻldirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda eʼlon qilib keladi. Ammo ularning raqamlari koʻpincha Amerika hukumati tomonidan eʼlon qilingan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlib chiqadi.

Masalan, “Airwars” tashkiloti 2020-yilgi harbiy operatsiyalar paytida Amerika qurolli kuchlari yuzdan ortiq tinch aholi vakilini oʻldirganligini xabar qilgan. Bu Pentagonning rasmiy raqamlaridan besh baravar koʻpdir, deyiladi “Al Jazeera” xabarida. Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar Vashington hisobotidagi maʼlumotni shubha bilan qaragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?