AQSH Davlat kotibi Isroildan Falastin hududiga koʻproq yordam berilishini talab qildi
Foto: Reuters
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuni Gʻazodagi urushni tugatish uchun oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni jonlantirishga chaqirdi va Falastin hududiga koʻproq yordam berilishini talab qildi.
Blinken seshanba kuni Gʻazodagi urush boshlanganidan beri Yaqin Sharqqa 11 bor tashrif buyurdi. Bu uning Isroil oʻtgan oy oxirida “Hizbulloh” bilan mojarosini kuchaytirganidan beri mintaqaga birinchi safaridir. Yahudiy davlati matbuotiga koʻra, “Hizbulloh” Tel-Aviv tomon oʻrta masofali raketalarni uchirgach, Blinken qoʻngan Ben Gurion aeroportini vaqtincha yopib qoʻygani uchun tashrif koʻngilsiz boshlangan.
AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Millerga koʻra, Blinken barcha garovga olinganlarni ozod qilish, Gʻazodagi mojaroga barham berish, isroilliklar va falastinliklar uchun doimiy xavfsizlikni taʼminlaydigan tarzda urushni toʻxtatish zarurligini taʼkidlagan. Shuningdek, u Isroilning Gʻazoga insonparvarlik yordami oqimini koʻpaytirish va davom ettirish, yordamning Gʻazo boʻylab tinch aholiga yetib borishini taʼminlash uchun qoʻshimcha choralar koʻrish kerakligini qoʻshimcha qilgan.
Netanyahuning idorasida HAMAS yetakchi Yahyo Sinvarning oʻldirilishi garovga olinganlarning qaytishiga, urushning barcha maqsadlariga erishishga taʼsir koʻrsatishi mumkin, degan qarash bor. Ammo sulh haqida hech narsa maʼlum qilinmagan.
AQSH Davlat departamentining aytishicha, Blinken va Netanyahu Isroil — Livan chegarasida xavfsizlik va osoyishtalikni tiklaydigan hamda har ikki tarafdagi tinch aholining uylariga qaytishiga imkon beruvchi soʻnggi 2006-yildagi Isroil — “Hizbulloh” urushidan keyin qabul qilingan BMT rezolyutsiyasini amalga oshirish yoʻllarini ham muhokama qilgan.
Ammo Blinken isroillik yetakchilar bilan uchrashar ekan, “Hizbulloh” janglar davom etayotgan bir paytda Isroil bilan muzokaralar olib borishni rad etgan. Netanyahu oʻz bayonotida Livandagi xavfsizlik va siyosiy vaziyatni oʻzgartirish zarurligini, bu esa Livan guruhining raketa zarbalariga uchragan isroilliklarning uylariga qaytishiga imkon berishini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tilim “Man Siti” deb chiqqan yoxud bitta oʻzbek yigiti qanday qilib Yevropaning eng kuchli jamoalari orasida talash boʻldi (tahliliy maqola)
- 2024-yilda davlat byudjetiga qancha soliq tushumlari tushgan?
- Oʻzbekistonda nechta OTM bor va ularda oʻqiyotgan talabalarning soni qancha?
- Davlat dasturi loyihasi muhokamasi: konseptual taklif va tavsiyalar
- Shaxmat oʻynab qancha topish mumkin? Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda qancha pul ishlab olgani maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring