AQSH Davlat departamenti Ukrainani qoʻllab-quvvatlashga vaʼda berdi, ammo…

01:12 05 Yanvar 2024 Dunyo
548 0

Foto: AP

AQSH Davlat departamenti Qoʻshma Shtatlar Ukrainani qancha kerak boʻlsa shuncha qoʻllab-quvvatlaydi, ammo boshqa darajada.

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga qancha kerak boʻlsa shuncha yordam berishini maʼlum qildi.

“Biz Ukrainani qancha vaqt kerak boʻlsa, qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Bu biz ularni 2022 va 2023-yillardagi kabi harbiy mablagʻlar darajasida qoʻllab-quvvatlashni davom ettiramiz, degani emas”, — dedi Miller.

Miller, shuningdek, Vashingtonning qoʻshimcha yordamisiz Kiyevni juda qiyin kun kechirishini taʼkidladi. U kongressmenlar bu borada bir qarorga kelishlariga umid bildirdi.

Oldinroq, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi Qoʻshma Shtatlar endi Kiyevni qoʻllab-quvvatlash uchun imkoniyatga ega emasligini aytgandi. Shuningdek, u oʻtgan yilning 27-dekabr kuni prezident Jo Bayden tomonidan imzolangan soʻnggi yordam paketi haligacha Ukrainaga toʻliq yetkazilmaganini taʼkidladi.

Oʻtgan yilning dekabr oyi oxirida Davlat kotibi Entoni Blinken 2023-yilda Ukrainaga 250 million dollarlik “yakuniy” harbiy yordam paketi oʻtkazilishini eʼlon qildi. Kongress qoʻshimcha mablagʻni tasdiqlamaguncha Ukraina yangi qurol va oʻq-dorilar bilan taʼminlanmaydi.

AQSH prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga yordam soʻrashi har ikki palata tomonidan maʼqullanishi kerak. Shu bilan birga, respublikachilar davlat rahbari maʼmuriyati AQSH chegarasini qoʻriqlash boʻyicha yondashuvlarini oʻzgartirmaguncha, Kiyevga mablagʻ ajratilishini qoʻllab-quvvatlamasliklarini maʼlum qilishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер