AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi

09:41 02 Avgust 2022 Dunyo
1314 0

Foto: Oʻng tomondagi «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriy

AQSH prezidenti Jo Bayden «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriy Afgʻonistonda oʻldirilganini eʼlon qildi.

Zavohiriyning Kobuldagi uyiga dron hujumi uyushtirilgan. Qayd etilishicha, tinch aholi orasida qurbonlar yoʻq.

Zavohiriy 2011-yilda Usama bin Lodin oʻldirilganidan keyin «Al-Qoida»ga rahbarlik qilgan. U 2001-yil 11-sentyabrda AQSHda sodir etilgan terakt uchun javobgar deb topilgan. Shundan beri u qochqinda edi. AQSH uning qayerda ekanligi haqidagi maʼlumot uchun 25 mln dollar mukofot vaʼda qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?