AQSH Afgʻonistonda evakuatsiya ishlari qachon yakunlanishini maʼlum qildi

16:16 20 Avgust 2021 Dunyo
1038 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Jo Bayden amerikalik harbiylar avgust oyining oxirigacha Afgʻonistondan vatandoshlarini evakuatsiya qilishni yakunlashga ulgurishiga umid qilmoqda. 

Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan «CBS» telekanali efirida maʼlum qildi.

Unga koʻra, Bayden 31-avgustdan keyin AQSH fuqarolarining Afgʻonistonda boʻlish muddatini uzaytirmoqchi emas. Oq uy rahbari, mamlakatni tark etmoqchi boʻlgan barcha Amerika fuqarolari buni vaqtida amalga oshira olishlarini kutishmoqda. Shu bilan birga, Sallivanga koʻra, hozir Afgʻonistonda boʻlgan amerikaliklarning aniq soni nomaʼlum.

Sallivanning taʼkidlashicha, agar “Tolibon” harakati AQSH harbiylarining operatsiyalariga toʻsqinlik qilsa, ularga qattiq javob berishga vaʼda berdi.

“Biz xavf-xatarlarga ehtiyotkorlik bilan qaraymiz va ularni hisobga olamiz, lekin biz «Tolibon”ga shuni maʼlum qildikki, agar ular har qanday amerikalikning oʻtishiga toʻsqinlik qilsalar, agar ular Kobul aeroportida bizning evakuatsiya operatsiyamizga toʻsqinlik qilsalar, ularga tez va qattiq javob beriladi», deydi Sallivan.

Avvalroq, AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays hozir Kobul aeroportida olti ming odam evakuatsiyani kutayotganini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bu odamlar tez orada bortda boʻladi. Praysning taʼkidlashicha, Amerika samolyotlari olib chiqqanlar orasida turli toifadagi odamlar bor: baʼzilari AQSH fuqarolari, baʼzilari afgʻonlar, baʼzilari esa uchinchi mamlakat fuqarolari.

15-avgustda Kobulga kirib kelgan “Tolibon” Afgʻoniston hududida toʻliq nazorat oʻrnatilganini eʼlon qildi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?