AQSH 100 dan ortiq mamlakatlarga 235 million dozadan ortiq koronavirus vaksinalarini yetkazib berdi

08:46 10 Noyabr 2021 Dunyo
510 0

Qoʻshma Shtatlar hozirgacha dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga 235 million dozadan ortiq koronavirus vaksinalarini taqdim etdi. Bu haqda AQSH Davlat departamentining koronavirus bilan bogʻliq kasallik tarqalishiga global javob choralari koordinatori Geyl Smit xabar bermoqda.

Bugungi kunga qadar biz dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga 235 million dozadan ortiq koronavirus vaksinalarini joʻnatdik. Biz muntazam ravishda turli mamlakatlarga vaksina dozalarini yetkazib berishda davom etamiz, - dedi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken.

Qoʻshma Shtatlar dozani koʻproq mamlakatlar tezroq olishini xohlaydi, dedi u.

Biz mavjud boʻshliqlarni toʻldirish uchun ushbu yoʻnalishda davlatlar bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutamiz», dedi koordinator.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?