“Aqlli svetofor” respublikamizning turli manzillariga oʻrnatilmoqda

15:00 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
239 0

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Aqlli (SMART), dasturlashtirilgan mobil, fotoelektrik avtonom svetoforni yaratish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va tijoratlashtirish” loyihasi “Oltiariq Innovatsiya” MCHJ tomonidan Fargʻona viloyatining Oltiariq innovatsion hududida amalga oshirilmoqda.

Vazirlik xabariga koʻra, loyiha moliyalashtirilganidan soʻng, tashkilot tomonidan 20 taga yaqin “Aqlli svetofor” respublikamizning turli manzillariga oʻrnatilgan.

Mazkur loyiha nafaqat shartnoma asosida ishlaydigan muhandislar, balki jamoatchilik asosida ishlash niyati bor talaba-yoshlarni ham jalb qilib kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?