“Aqlli” gaz hisoblagich: aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf eta oladimi?

10:42 12 Aprel 2021 Jamiyat
200 0

Prezidentimizning 2017-yil 13-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligini taʼminlash va oʻzaro toʻlovlarni tartibga solishda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish vazifasi belgilangan.

Bu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Margʻilon, Qoʻqon va Fargʻona shahri, Rishton va Dangʻara tumanlarida “aqlli” gaz hisoblagichlari hamda zarur telekommunikatsiya moslamalarini oʻrnatish ishlari olib borilyapti. Zamonaviy uskunalar aholi isteʼmolchilariga bepul oʻrnatilmoqda.

Fargʻona viloyatida zamonaviy hisoblagichlardan qariyb 300 ming dona oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, shu kungacha 75 mingdan ziyod isteʼmolchilarga hisoblagichlar bepul oʻrnatib berildi.

— Tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish orqali qarzdorlik bilan bogʻliq muammolarga toʻliq barham beriladi, — deydi “Hududgaz Fargona” gaz taʼminoti filiali axborot xizmati rahbari Sardorbek Abdullayev. – “Aqlli” gaz hisoblagich sohadagi uzilishlarning oldini olish bilan birga yoʻqotishlar, noqonuniy foydalanish holatlari toʻgʻrisida taʼminotchini vaqtida ogohlantiradi. Bu hisoblagichlar isteʼmolchining yoqilgʻi sarfini yuqori aniqlik bilan oʻlchab, real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatadi.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?