“Apteka”chining qingʻir ishi fosh boʻldi

11:57 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
246 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “E.» MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi S.X. 1 dona «Tropikamid» va 56 dona «Regapen» nomli dori vositalarini xaridor N.ga 1,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari boʻlmagan «Selofen» va «Regapen» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?