"Apple" yangi "iPhone"lar, "iPad" va yettinchi avlod "Apple Watch" taqdimotini oʻtkazdi

00:06 15 Sentyabr 2021 Dunyo
796 0

Foto: Apple

AQSHning Kupertino shahrida "Apple" oʻzining yillik taqdimotini oʻtkazdi.

Unda yangi "iPhone 13" uning mini-versiyasi, "iPhone 13 Pro" va "iPhone 13 Pro Max"ni taqdim qildi. Tadbirda, shuningdek, boshqa "Apple" qurilmalari, jumladan, keyingi avlod ”iPad“ va yettinchi avlod "aqlli soatlar2 — ”Apple Watch" namoyish etildi.

Taqdimotda mahsulotlarning narxlari haqida ham maʼlumot berildi. Unga koʻra, "iPhone 13 Pro" narxi 999, "iPhone 13 Pro Max"ning bahosi esa 1099 dollardan boshlanadi. Qurilmalarning 128, 256, 512 GB ichki xotiraga ega versiyalari mavjud. Shuningdek, ilk bora 1TB varianti ham sotuvga chiqariladi.

Batareya quvvati ham avvalgilariga qaraganda yaxshilangan. Ular “iPhone” tarixidagi eng yaxshisi ekanligi aytilmoqda.

Yangi "iPhone"lar ikkita oʻlchamga ega boʻladi: "Pro" va "Pro Max" displey oʻlchamlari mos ravishda 6,1 va 6,7 ​​dyuymga teng boʻladi.

"iPhone 13" toʻrt rangda chiqarilmoqda: qora, tilla, kumush va moviy rangda.

Qurilmalar "A15 bionic" protsessori bilan jihozlangan va ular avvalgilaridan kuchli ekani aytilmoqda.

Kompaniyaning yana bir mahsuloti "Apple Watch 7" 2021-yil oxirida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning narxi 399 AQSH dollaridan boshlanadi.

Yana bir mahsulot "iPad mini" kelgusi hafta AQSHda sotuvga chiqariladi va uning narxi 499 dollardan boshlanadi.

Taqdimotdagi yana bir mahsulot "iPad" boʻlib, u 12 megapikselli keng burchakli old kameraga ega. Qurilma "Apple Pencil" klaviaturasi va qalamini qoʻllab-quvvatlaydi. Kulrang va kumush ranglarda chiqarilgan ushbu qurilmaning narxi 329 dollardan boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?