“Apple” Rossiyada yangi mahsulotlarini sotishdan bosh tortdi

Arxiv surat
“Apple” Rossiyada yangi “iPhone SE”, “Mac Studio” va yangilangan “iPad Air”ni sotishdan bosh tortdi.
“Apple” oʻzining bahorgi taqdimotidan oʻrin yangi “iPhone SE”, “Mac Studio” va yangilangan “iPad Air”ni Rossiyada sotishdan bosh tortgan. Bu haqda smartfonlar bozoridagi manbaga tayanib “TASS” xabar bermoqda.
Bugun(18-mart)dan boshlab boshqa mamlakatlarda “Apple”ning yangi qurilmalari sotuvi boshlandi. Kompaniya Rossiyaga yangi qurilmalar yetkazib berish va sotishni toʻxtatishga qaror qilgan. Biroq, hali Rossiya bozorini tark etgani yoʻq. Bugungi kunga qadar “AppStore” ilovalar doʻkoni ishlashda davom etmoqda va “iOS” yangilanishlari rossiyalik foydalanuvchilarning qurilmalariga kelmoqda.
Mart oyi boshida kompaniya Rossiya hududi uchun “Apple” onlayn-doʻkonlarida barcha gadjetlar sotuvi toʻxtatilganini eʼlon qilgan edi. Ushbu qaror Rossiyaning Ukrainaga boshlagan “maxsus harbiy amaliyoti” bilan bogʻliq.
“Biz insonparvarlik saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz, qochqinlar inqiroziga qarshi yordam beramiz va mintaqadagi jamoalarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻlimizdan kelganini qilamiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Oldinroq, avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqaruvchi Italiyaning “Pirelli”, Fransiyaning “Michelin” va Yaponiyaning “Bridgestone” kompaniyalari Rossiyadagi faoliyatini qisman cheklagani, ayrimlari esa toʻxtatgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring