AOKA boʻlim boshligʻi Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi

19:56 16 Iyul 2021 Jamiyat
2567 0

Bugun AOKA boʻlim boshligʻi Qudratov Javohir Neʼmatillayevich bevaqt vafot etdi.

Javohir Qudratov 1983-yil 12-noyabrda Shahrisabz tumanida tugʻilgan.
U Oʻzbekiston davlat jahon tillari va Oʻzbekiston milliy universitetlarini tamomlagan.

J.Qudratov Toshkent xalqaro radiosi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, “Qashqadaryo” – «Novosti Kashkadari» gazetalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa tashkilotlarda samarali faoliyat olib borgan.
2019-yildan buyon Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining boʻlim boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatayotgan edi.
U tashabbuskorligi, mehnatkashligi, mehribon va samimiyligi bilan jamoadoshlar mehrini qozongan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?