Antitanachalar shakllangan boʻlsa ham Covid-19 bilan qayta kasallanish mumkinmi? — dolzarb savollarga aniq javoblar berildi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.
Savol: JSST koronavirusdan tuzalgan bemorlarda antitanachalar shakllangan boʻlsa ham qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayapti. Kimlarda ushbu holatlar kuzatilishi mumkin?
Javob: Koronavirus kasalligi hali oxirigacha oʻrganilmagan va hozirgi kunga qadar izlanishlar davom etayotgan kasallikdir. Olimlar ushbu kasallik bilan qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayaptilar va ularning fikriga koʻra kasallik immuniteti past, surunkali kasalligi bor va kasallikka qarshi antitanachalari kam boʻlgan bemorlarda uchrashi mumkinini taʼkidladilar. Izlanishlar ushbu bemorlarda aniqlangan viruslar juda koʻp marotaba mutatsiyaga uchraganini ham koʻrsatmoqda.
Koʻpchilik men kasallikdan qutildim, antitanachalar bor deb niqobsiz, masofani saqlamasdan yurishni boshladilar. Yuqoridagi maʼlumotlarga asoslanib, atrofdagilarni xavf xatarga qoʻymaslik uchun ham barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga toʻliq rioya etishni tavsiya etamiz.
Savol: 12 yoshli farzandim koronavirusdan uy sharoitida davolanmoqda. Ikki kundan beri isitmasi 37,8 gacha chiqyapti. Shifokorimizdan unga haroratni tushiruvchi dori bersam boʻladimi desam, u yengil turini oʻtkazmoqda, deb ruxsat bermadi. Shu toʻgʻrimi?
Javob: Toʻgʻri. Isitma — tananing normal himoya reaksiyasidir. Bu haroratda isitmani tushirishga harakat qiladigan boʻlsak, immun tizimini zaiflashtirgan boʻlamiz.
Ushbu holatda koʻproq suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Organizmning oʻzi ishlab chiqilgan antitanachalar yordamida kurashadi. Yengil turida bolalarga koʻp va pala-partish dorilar berish tavsiya etilmaydi (dorilarni dozalariga ham eʼtibor berishimiz kerak). Shuning uchun har qanday vaziyatda shifokor nazoratida boʻlish va shifokor tavsiyalariga amal qilishimiz kerak.
Savol: Yaqinda muloqotda boʻlgan jiyanimda koronavirus aniqlandi. Ishga bormasligim mumkinmi?
Javob: Ha. Hududiy shifokoringizga murojaat qiling. Sizga yakkalash tartibida oʻtirganingiz uchun hududiy poliklinikada kasallik varaqasi ochiladi va shifokor sizni nazoratga oladi. Siz ushbu muddatda ishxonangizga telefon orqali maʼlumot berib qoʻyishingiz kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring