Antikorrupsiya qonuni loyihasi deputatlar tomonidan maʼqullandi

20:38 24 Iyul 2021 Jamiyat
581 0

Joriy yilning 24-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Moddama-modda muhokama qilingan loyiha deputatlarning koʻpchilik ovozi bilan maʼqullandi va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga yuboriladi.

Qonun loyihasidagi normalar bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, oʻzining, shuningdek yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?