“Anor bank” ishchisi mijozlarning pullarini talon-toroj qildi

16:33 20 Avgust 2022 Jamiyat
349 0

Foto: Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik markazi

Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik markazining xabariga koʻra, 16-avgust kuni ichki ishlar organlariga 1996-y.t., fuqaro J.M. murojaat qilib, 15-avgust kuni nomaʼlum sabablarga koʻra, “Anor bank” AJ tijorat raqamli banki tomonidan berilgan bank kartasidan 8.080.000 soʻm pullari yashirincha oʻgʻirlanganligini maʼlum qilgan.

Nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni “Anor bank” aloqa markazi operatori 2001-y.t., K.D. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Operator K.D. qoʻngʻiroq qilgan mijozlarning murojaatini tahlil qilib borganligi, soʻngra telegram messenjerida goʻyoki texnik yordam koʻrsatuvchi shaxs sifatida profil ochib, bankda muammo kelib chiqqanligini vaj qilib, mijozning shaxsiga doir maʼlumotlaridan foydalanib, bank kartasi maxfiy kodini olib, mablagʻlarni talon-toroj qilganligi maʼlum boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?