Angrenga yangi hokim tayinlandi

Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 11-may kuni Angren shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Nuriddin Abdurahimov betobligi tufayli vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Bugun Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev xalq deputatlari Angren shahar Kengashining 24-sessiyasida ishtirok etib, deputatlar va shahar sektorlari rahbarlari hamda faollar ishtirokida Angrenga yangi rahbar tayinlash masalasini koʻrib chiqdi.
Sessiyadagi tashkiliy masala muhokamasi yakuniga koʻra, bugungacha «Hududgaztaʼminot» aksiyadorlik jamiyatining “Tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini joriy etish direksiyasi” filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Rayimov Abdumalikovich Angren shahri hokimi vazifasiga tavsiya etildi. U Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Qator yillar Toshkent viloyati gaz taʼminoti tizimiga rahbarlik qilgan Alisher Rayimov uddaburon, tashabbuskor, qatʼiyatli xodim sifatida tanilgan. Viloyatning togʻ va togʻoldi hududlari aholisining gaz taʼminotidagi muammolarini tezkor hal etishda faollik koʻrsatgan.
Sessiyada taʼkidlanganidek, salohiyatli sanoat hududi sanalgan Angren shahrida hal etish lozim boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar talaygina. Zamonaviy shaharsozlik arxitekturasini barpo etish jarayoni sust ketayotir. Sohalar kesimi tahlil qilinganida, masʼul rahbarlarning xato va kamchiliklari tez-tez takrorlanmoqda. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, Angren shahrining yangi hokimi zimmasiga oʻta masʼuliyatli vazifalar yuklanadi.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring