Angrenda sodir boʻlgan YTH oqibatida 5 kishi halok boʻldi

16:41 24 May 2021 Jamiyat
759 0

2021-yil 24-may kuni soat 09:30larda Angren shahridan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 184 km.da «Namangan-Toshkent» yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomobili boshqaruvini yoʻqotib, agʻdarilib, oʻzidan oldinda temir yoʻl kesishmasiga yetmay toʻxtagan. Natijada «Lasetti», “Kobalt”, «Jentra», “Nekciya-3”, «Matiz», “Neksiya-3” va «Lasetti» rusumli avtomobillari bilan toʻqnashib, YTH sodir boʻlgan. Toʻqnashuv natijasida «Lasetti» rusumli avtomobili yongan.

YTH natijasida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Tan jarohati olgan fuqarolar Angren shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB va Angren shahar FV boʻlimi, IIB, Prokuratura va SSB hamda tezkor-tergov guruhi xodimlari chiqishgan.

Sodir boʻlgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?