Angrenda “Neksiya” bilan toʻqnashgan “Lasetti” yonib ketdi. Yoʻlovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgan

11:35 12 Iyun 2021 Jamiyat
602 0

2021-yil 11-iyun kuni soat 22:30 larda, Toshkent viloyati, Angren shahar hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 180-kilometrida haydovchi, 1982-yilda tugʻilgan R.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli hamda haydovchi, 1962-yilda tugʻilgan M.Yu. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlib, zarb oqibatida “Lasetti” rusumli avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Yongʻin bartaraf etilgan, toʻqnashuv natijasida “Lasetti” rusumli avtomobil yoʻlovchisi, 1989-yilda tugʻilgan N.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер