Angren shahrida MCHJ mablagʻlarini talon-toroj qilgan sobiq rahbarining kirdikorlari fosh boʻldi

19:22 10 Sentyabr 2021 Jamiyat
334 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Angren shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “C.” MCHJning 2020-yil sentyabr oyida lavozimdan ozod etilgan sobiq rahbari S.Q. “Mobil-banking” xizmati ilovasi orqali joriy yilning fevral oyiga qadar MCHJ hisob-raqamidagi 605,6 mln soʻmni oʻz ehtiyojlari va boshqa maqsadlarga sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?