Angolada umummilliy saylov boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 24-avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari boʻlib oʻtdi.
Angolada parlament saylovi 2 xil tarzda amalga oshiriladi: 130 oʻrin uchun yopiq roʻyxatli proporsional tizimda, 90 nafari esa 18 ta okrugda dʻHondt usulidagi ochiq roʻyxatli proporsional tizimda saylanadi.
Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchilar 18 yoshga toʻlgan boʻlishi, qoʻsh fuqarolikka ega boʻlmasligi, aqlan zaif va jinoiy javobgarlikka tortilmagan boʻlishi kerak.
Angolada saylovlar ertalab 7:00 da boshlanib 17:00 da tugaydi. Angola saylov komissiyasining Al-Jazira nashriga xabar berishicha 86 % ovozlar sanab chiqilgan. Natijalarga koʻra hukmron partiya MPLA 52 %, muxolifatdagi UNITA partiyasi 44.1 % ovoz toʻplagan.
Prezident saylovidagi dastlabki natijalarga koʻra Joau Lourenso 51.08%, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 % ovoz toʻplagan.
Angolada roʻyxatdan oʻtgan saylovchilar soni 13 million 973 ming kishini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring