OʻFA rahbariyati angliyalik mutaxassislar bilan futbol mahorat maktablari faoliyati yuzasidan muloqot oʻtkazdi

12:28 19 Iyul 2021 Sport
696 0

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Oʻzbekistondagi birinchi ingliz futbol akademiyasi hisoblangan Brooke House College Football Academy mutaxassislari bilan uchrashdi.

Ingliz futbol akademiyasi vakillari xalqaro talab va standartlar asosida yurtimizda yosh futbolchilarni tayyorlashda Angliya tizimini amalga tatbiq etish, oʻquv-mashq jarayonlarini samarali tashkillashtirish va musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha faoliyat olib borilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Angliyalik mutaxassislar Oʻzbekistondagi futbol mahorat maktablarini yangi bosqichga koʻtarish, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini yana-da rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Shuningdek, 2021-2022 oʻquv yili avvalida Oʻzbekistondagi barcha umumtaʼlim, sport va futbol mahorat maktablarida futbolga qiziquvchi yosh oʻquvchilar oʻrtasida seleksiya ishlarini amalga oshirish, turli xil futbol festivallarini birgalikda tashkillashtirish kabi masalalar muhokama etildi.

Ravshan Ermatov angliyalik mutaxassislarga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bildirilgan takliflar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?