Angliya “Yevro — 2020”ning 2-finalchisiga aylandi

09:33 08 Iyul 2021 Sport
1555 0

Futbol boʻyicha Yevropa chempionatining ikkinchi finalchisi ham maʼlum boʻldi. 

Kecha “Uembli”da boʻlib oʻtgan yarim final bahsida Angliya terma jamoasi “Yevro — 2020” ning oʻziga xos kashfiyotiga aylangan Daniyani qoʻshimcha taymlarda qiyinchilik bilan magʻlubiyatga uchratdi. 

Uchrashuvning asosiy vaqti Damsgorning jarimadan kiritgan chiroyli toʻpi hamda Kyerning avtogoli evaziga 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Ekstra taymlarda Xarri Keyn kiritgan gol inglizlarga gʻalaba keltirdi.

Tumanli Albion vakillarini finalda ispanlarni penaltilar seriyasi orqali uyiga ravona qilgan italyanlar kutib turibdi. 

Ushbu shiddatli oʻtishi kutilayotgan bahs ham 11-iyul kuni Londonda “Uembli” oʻyingohida boʻlib oʻtadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?