Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimini rasman tark etdi

03:26 27 Oktyabr 2021 Dunyo
828 0

Foto: dpa

Germaniya kansleri Angela Merkelga vakolat muddati tugagani haqidagi rasmiy bildirishnoma topshirildi.

Angela Merkelga Germaniya kansleri lavozimidagi muddati tugagani haqida rasmiy bildirishnoma berildi. Hujjatni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirgan. Endi Merkel rasman kanslerlik lavozimini egallashni toʻxtatdi. Ammo uning vorisi saylangunga qadar muvaqqat kansler sifatida faoliyatini davom ettirib turadi.

Taxminlarga koʻra, yangi kansler Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (SDP) yetakchisi Olaf Shols boʻlishi kutilmoqda. Chunki uning partiyasi 26 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda 25,7 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi. Xristian-demokratik ittifoqi va Xristian sotsial ittifoqi (XDI/XSI) bloki rahbari Armin Lashet esa 24,1 foiz ovoz oldi.

SPD rahbari Olaf Shols Rojdestvo oldidan koalitsiya tuzish haqida kelishib olishni rejalashtirmoqda. Shu bois yangi hukmron koalitsiya hokimiyatga kelguniga qadar kansler vakolatlari Merkelda qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?