Andijonlik tadbirkor Buxoroda xalq tabobati markazi ochdi

10:48 12 Oktyabr 2021 Jamiyat
163 0

Foto: Istam Ibrohimov / Xalq soʻzi

Insoniyat barcha davrda xalq tabobatiga ehtiyoj sezgan. Pandemiya sharoitida bu sohaga talab yanada oshdi. Shuni yaxshi anglagan andijonlik yosh tadbirkor Tohirbek Ahmedov Buxoro shahrida “Yangi hayot” nomli xalq tabobati markazi faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

-Markazni aynan Buxoroda ochishimizning oʻz sabablari bor,- deydi u.-Hamkorlarimiz bilan atroflicha oʻrganish shuni koʻrsatdiki, bu hududda istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida qandli diabet, yurak-tomir kasalliklari nisbatan koʻp uchrayapti. Qolaversa, bu goʻsha tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino tavallud topgan yurt sanaladi. Dorivor giyohlar, malham va damlamalar taʼminoti masalasida Fargʻona viloyatidagi “Mehrigiyo” xususiy ishlab chiqarish korxonasi bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatganmiz. Inson tanasining 20 ʼzosini bir paytning oʻzida tibbiy koʻrikdan oʻtkazuvchi va yuqori aniqlikda ishlovchi “ROFES” rusumli diagnostik apparat ham oʻrnatganmiz.

Markazda “Gulzor – 3”, “Guava kalsiy”, “Rohat”, “Shifo nur” singari turli malham va dorivor giyohlar vositasida arterial qon bosimi, nafas yoʻllari shamollashi, bel-umurtqa kasalliklariga chalingan bemorlar davolanishmoqda. Maskan aholi tibbiy madaniyatini oshirish tadbirlariga ham eʼtibor qaratmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?