Andijonlik professorlar virusli kasalliklarning oldini oluvchi dunyoda yagona boʻlgan oziq-ovqat qoʻshilmasini ixtiro qildi

18:12 29 Mart 2021 Jamiyat
1346 0

Bugun 500 turdan ziyod virusli kasalliklar mavjud boʻlib, ularni davolash va oldini olish uchun yuzlab dori vositalari ishlab chiqariladi. Biroq, tarkibida kimyoviy moddalar mavjud boʻlgan vositalarni hamma ham qabul qilishni xohlamaydi. Shu bois oziq-ovqat qoʻshilmalariga boʻlgan ehtiyoj katta, biroq, bu turdagi qoʻshilmaning oʻzi yoʻq edi.

Oʻzbekiston tabobat Akademiyasi raisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori Ibrohimjon Asqarov, Oʻzbekiston tabobat akademiyasining haqiqiy aʼzosi, kimyo fanlari doktori, Latviya organik sintez instituti professori Rustamjon Nuriddinovlar hamkorlikda dunyoda birinchi tarkibida 100 foiz biologik sof birikmalar mavjud boʻlgan oziq-ovqat qoʻshilmalarini yaratdi.

– Bir yil davomida viruslar profilaktikasi dasturini ishlab chiqdik,-deydi olim Ibrohimjon Asqarov. – Uning boshqa qoʻshilmalardan afzallik jihati shundaki, birinchi galda odamdagi immun tizimini faollashtiradi. Uni isteʼmol qilish orqali virusli kasalliklarni yuqtirishning oldini olish mumkin. Mabodo, shunda ham kasallik yuqadigan boʻlsa inson organizmidagi qoʻshilmalar virusni nobud qilish jarayoniga kirishadi.

Besh turdagi ushbu qoʻshilmalar tez kunda Shahrixon tumanidagi farmatsevtika korxonasida ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?