Andijonlik dehqon gulchilik ortidan oyiga 50 million soʻmgacha daromad topmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Vodiy xalqi azaldan yerga mehr qoʻyib, farzandlarini mehnatga oʻrgatib keladi. Yaxshi niyat bilan ekilgan daraxt, gul koʻchatlari goʻzallikka oshifta qalblarni maftun etibgina qolmay, insonga daromad keltiradi.
Tomorqadan samarali foydalanish borasida oʻziga xos tajriba maktabini yaratgan izboskanlik dehqon Muzaffarjon Olimov yetishtirgan gul koʻchatlari Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalariga ham eksport qilinmoqda.
— Yurtimiz tuprogʻi oltinga teng. Ostonasida oltin bor. Undan unumli foydalanish maqsadida 5 sotix maydonda issiqxona barpo etgandim, — deydi Izboskan tumanidagi “Botirobod” mahallasida yashovchi Muzaffarjon Olimov. — Bu yerda 200 turdan ziyod mahalliy va noyob gul koʻchatlarini parvarish qilyapmiz. Ularning aksariyati xorijdan keltirilgan boʻlib, mahalliy sharoitga moslashtirilgan. Hozirda respublikamizning barcha viloyatlariga va qoʻshni davlatlarga gul koʻchatlarini yetkazib berishni yoʻlga qoʻydik.
Xalqimizda “Yerni boqsang, yer seni boqadi” degan naql bor. Darhaqiqat, Muzaffarjonning tomorqada boshlangan tadbirkorlik faoliyati tufayli 5 nafar fuqaro doimiy ish joyiga ega boʻldi. Mavsumda ularning soni 20 nafarga yetadi. Oylik daromad 45-50 million soʻmni tashkil etadi. Muhimi, harakatda barakat bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
- Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring