Andijondan Urganch va Xivaga poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyildi

11:13 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
375 0

Foto: Arxiv surat

28-sentyabrdan “Andijon—Xiva—Andijon”, 29-sentyabrdan esa “Andijon—Urganch—Andijon” yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-sentyabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda Fargʻona vodiysidan Toshkent shahri hamda boshqa viloyat markazlariga temir yoʻllar soni va sifati talab darajasida emasligi tanqid qilingandi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ axborot xizmatining maʼlum qilishicha, prezident topshirigʻini bajarish maqsadida qoʻshimcha 651/652-sonli “Andijon — Xiva — Andijon” yoʻlovchi poyezdi qatnovi 28-sentyabrdan yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, 29-sentyabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon — Buxoro” yoʻlovchi poyezdining harakat yoʻnalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?