Andijondan Toshkent va Qoraqalpog‘istongacha boradigan poyezd qatnovi ikki baravar ko‘paytiriladi

14:33 16 Fevral 2024 Siyosat
129 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilishda viloyatdagi transport xizmatlarini yaxshilash borasida gapirib o‘tdi.

Viloyatda transport xizmatlarini yaxshilash maqsadida mutasaddilarga:

- “Xonobod – Andijon – Izboskan – Asaka” temir yo‘l aylanmasida poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish;

-  “Andijon – Qo‘qon”, “Andijon – Toshkent”, “Andijon – Termiz” va “Andijon – Qo‘ng‘irot” yo‘nalishlarda poyezd qatnovini 2 karra oshirish;

- “Andijon – Shahrixon”, “Andijon – Asaka” va “Andijon – Do‘stlik” yo‘nalishida avtobus qatnovini 2 barobar ko‘paytirish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер