Andijondan Moʻynoqqa yoʻl olgan velomarafon ishtirokchilari ham aynan bugun Qoraqalpogʻistonga yetib keldi
2018-yil 12-aprel kuni Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tomonidan “3-iyun – Xalqaro velosiped kuni” deb belgilandi. Yurtimizda oʻsha yili ushbu sana ilk bor bayram sifatida nishonlanib, Toshkent shahri, «Ashxobod» sayilgohida velomarafon tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafon ishtirokchilari aynan bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasiga yetib keldi.
Velomarafon ishtirokchilari Beruniy tumani hududida tantanali kutib olindi. Sportchilar va yosh ekologlar uchun Qoʻyi Amudaryo davlat biorezervatida eko-tur tashkil qilindi.
Ertaga Nukus shahridan velomarafon ishtirokchilariga tadbir doirasida belgilangan oxirgi manzil, yaʼni Moʻynoq tumani “Aliovuli” tomon start beriladi. Jarayonlarni yoritib borishga harakat qilamiz.
Gʻ.Otajonov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring