Andijondagi Shahrixonsoyda kichkina qiz jonsiz holatda topildi
Qirgʻiziston respublikasining Oʻsh viloyati togʻ va adirliklarida 14-iyul kuni kuchli yomgʻir yogʻdi. Ushbu hodisa oqibatida Andijon viloyati Oqboʻra soyi Xoʻjaobod tumani Yorqishloqdagi koʻprikni sel oqizib ketgan, piyodalar koʻprigi qulab vayron boʻlgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar boʻlmagan. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, seldan keyin Andijon, Shahrixonsoydan oqib ketgan qiz jonsiz holatda topilgan.
“Topilgan qiz tez yordamga joʻnatilgan. Qizning yoshi taxminan 10-12 yoshlarda. Hozirda oʻrganish ishlari olib borilmoqda, yakuni boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur hodisa viloyat hamda tuman hokimliklari, shuningdek, viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.
Hozirda shaxsi nomaʼlum va IIB vakillari uning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha ish olib bormoqda.
Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlari hududidagi tezkor oʻrganishlar davomida ushbu hududlarda bu yoshdagi farzandini yoʻqotgan oila aniqlanmadi.
Bundan kelib chiqib, ushbu shaxs viloyatimizdan tashqari boʻlgan, toshqin roʻy bergan boshqa hududdan oqib kelgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda", deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring