Andijondagi noqonuniy mayning-ferma davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million soʻm zarar yetkazdi

12:37 11 Iyul 2024 Jamiyat
260 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman boʻlimi tumanda “Mayning ferma” tashkil etgan xonadonni aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Departament va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Oʻ.A. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, “Qoraqalpoq” MFYdagi xonadonida 14 ta toʻplamdagi “Bitmain” mayning kripo-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent viloyatida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?