Andijondagi maktablarda “Sharda sinflari” tashkil etilmoqda, ularning bitiruvchilari universitetga kirishda imtiyozga ega boʻladi

17:37 20 Sentyabr 2021 Jamiyat
1104 0

Arxiv surat

Andijondagi har bir maktabda “Sharda sinflari” tashkil etiladi. Unda tahsil olgan bitiruvchilar universitetga suhbat asosida qabul qilinadilar. Qolaversa, toʻlov-shartnomada ham imtiyozli chegirmalarga ega boʻladilar.

Bu Hindistonning Andijondagi Sharda universiteti va viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomada oʻz ifodasini topgan. Taʼkidlanishicha, mazkur kelishuv ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim jarayonining eng ilgʻor uslublarini uygʻunlashtirish, xalqaro taʼlim sifatini tashkil etish va bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер