Andijondagi 868 ta mahallada viloyat hokimi yordamchisi lavozimi joriy etiladi

11:10 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
1090 0

Foto: Халқ сўзи

Andijon viloyatida tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish, aholi daromadini oshirish, kambagʻallik va ishsizlikka barham berish maqsadida har bir mahallada hokim yordamchisi shtati tashkil etiladigan boʻldi.

– Yangi lavozim egalari aholining foydali ijtimoiy mehnat bilan band boʻlmagan qismini kasb-hunarga oʻqitish, tomorqadan unumli foydalanish kabi dolzarb yoʻnalishlarda aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi, - deydi viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov. – Shuningdek, boʻsh yer va binolar samaradorligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish kabi barcha harakatlarga masʼul boʻladi.

Ushbu masalaga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda yangi lavozim egalarining dastlabki vazifalari belgilab olindi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Sirdaryo viloyati Guliston shahri mahallalarida ilk bor tajriba tariqasida ayni shu lavozim joriy etilgan edi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?