Andijonda zamonaviy Davlat xizmatlari markazi 12 taga yetdi

12:09 19 Yanvar 2022 Jamiyat
422 0

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida Davlat xizmatlari markazi yangi binoda faoliyat koʻrsata boshladi. Uning qurilishida xizmat koʻrsatishning jahon talablariga mos kelishi, xonalarning murojaat qiluvchilar uchun qulay imkoniyatlarga ega boʻlishi inobatga olindi. Yangi binoda bir paytning oʻzida 150 nafar fuqaro taklif etilgan 160 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, chet ellik hamda mahalliy investorlar uchun alohida investorlar xonasi, kutubxona, infokiosk, elektron navbat olish qurilmasi mavjud. Ushbu markaz binosiga odatdagidan farqli ravishda FHDYO boʻlimlari ham joylashtirildi.

— Markazda koʻplab davlat xizmatlaridan eksterritorial tamoyili asosida, yaʼni yashash va turgan joyidan qatʼi nazar, foydalanish mumkin, — deydi DXA Andijon viloyat boshqarmasi xodimi Umidjon Mamarasulov. — Qolaversa, majmuada elektron navbat tizimi bilan integratsiya qilingan maxsus platforma mavjud boʻlib, uning yordamida mijozlar xizmat koʻrsatish jarayoni hamda xizmat koʻrsatgan xodimni baholashi mumkin boʻladi. Bu esa fuqarolar bilan interfaol aloqaning muhim usullaridan biri sifatida murojaatchilaga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirishga yordam beradi.

Ushbu markaz Andijon viloyatida foydalanishga topshirilgan zamonaviy DXMning 12-si boʻlib, yana toʻrt hududda yangi binolar qurilishi davom etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер