Andijonda Varshava menejment universiteti filiali tashkil etildi

16:09 14 Aprel 2021 Jamiyat
2465 0

Hukumat qarori bilan “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti Andijon filiali tashkil etildi.

Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Filialda oʻqitish “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti (Polsha Respublikasi) (Muassis) tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va fan dasturlariga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida, ingliz, rus va oʻzbek tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar qabul qilinadi:

● “Moliya va buxgalteriya hisobi”;

● “Transport va logistikada menejment”;

● “Xalqaro biznes va marketing”;

● “Turizm, mehmonxona ishi va umumiy ovqatlanishda menejment va marketing”;

● “Kichik va oʻrta biznesni boshqarish”;

● “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”.

Filialda taʼlim 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanib, toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi.

Filial bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 10 foizidan kam boʻlmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni (Filial granti asosida) oʻqishga qabul qilish uchun ajratiladi.

Shuningdek, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalarga toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan 50 foizgacha chegirma beriladi.

Filialda taʼlim berish uchun 70 foizgacha malakali xorijiy professor-oʻqituvchilar Polsha Respublikasi va Yevropaning boshqa davlatlaridan jalb qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?